Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Jaholatga qarshi ma’rifat shiori ostida va Din boshqa, dindor boshqa mavzusida tadbir tashkil etildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika, stomatologiya, pediatriya va xalq tabobabi fakulteti talabalari va Toshkent shahri Olmazor tumani din ishlari bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda «Jaholatga qarshi ma’rifat shiori ostida» «Din boshqa, dindor boshqa» mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan Toshkent shahri Olmazor tumani Din ishlari mas’ul xodimi Abdug‘affor Asadullayevich Qayumov yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni ilmu-ma’rifat bilan to‘ldirish, ularni turli xil yot g‘oyalar tajovuzidan himoyalashda o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbat va daxldorlik hissini yanada rivojlantirish haqida batafsil ma’lumot berdi. Bulardan tashqari notiq o‘z taqdimotida «Din boshqa, dindor boshqa» mavzusida hayotiy ma’lumotlar asosida qidiruvdagi shaxslar va ular tomonidan amalga oshirilgan xunrezliklar haqida, Suriya va Erondagi urushlar haqida ta’sirli taqdimotlarni yig‘ilganlar e’tiboriga havola etdi.

 

 

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.