1 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Tanlovlar Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi “Wikistipendiya marafoni” ning 1-mavsum g’olibi bo’ldi

2022-yil 26-dekabr kuni salkam 8 oy davomida Yoshlar ishlari agentigi tomonidan tashkil qilingan «Wikistipendiya marafoni»ning birinchi mavsum yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda, mukofot jamg’armasi 300 milliondan ortiq bo’lgan marafonning birinchi mavsum g’oliblari e’lon qilindi.

1-o’rinni Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Boboyev Jahongir qo’lga kiritdi va 50 million so‘m bilan taqdirlandi. Qolgan sovrindorlarga 30, 20 hamda 10 million so‘mdan pul mukofoti taqdim etildi.

Yopilishda, Yoshlar ishlari agentligining rahbari Alisher Sa’dullayev, ishtirokchilar va keng jamoatchilik vakillari, jurnalist hamda blogerlar, shuningdek, o’zbekcha Vikipediyaga hissa qo’shib kelayotgan yosh foydalanuvchilar ishtirok etdi.

 

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.