O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlikni, kitob targ’ibotini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar har jabhada ko’zga tashlanadi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi 7 ta Talabalar turar joylariga umumiy 700 dona kitoblar sovg’a qilindi. Kitoblar har bir TTJga 100 donadan berildi. Jamlanmada turli-tuman badiiy, tarixiy, ilmiy, siyosiy kitoblar mavjud. Kitoblar talaba-yoshlarning TTJlarda bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishiga, kitobxonlarni muhokomalarga chorlashiga sababchi bo’ladi. Kitoblar uchun Yoshlar ishlari agentligiga o’z tashakkurimizni izhor etamiz.
Kitob hamisha ilm-ma’rifat, ma’naviyat ziyosi, tafakkurlar sarchashmasidir. Kitob ulashish, sovg’a qilish eng yaxshi qadriyatlardan biridir.
Add Comment