4 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasiga kitoblar sovg’a qilindi

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlikni, kitob targ’ibotini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar har jabhada ko’zga tashlanadi.  Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi 7 ta Talabalar turar joylariga umumiy 700 dona kitoblar sovg’a qilindi. Kitoblar har bir TTJga 100 donadan berildi. Jamlanmada turli-tuman badiiy, tarixiy, ilmiy, siyosiy kitoblar mavjud.   Kitoblar talaba-yoshlarning TTJlarda bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishiga, kitobxonlarni muhokomalarga chorlashiga sababchi bo’ladi. Kitoblar uchun Yoshlar ishlari agentligiga o’z tashakkurimizni izhor etamiz.

Kitob hamisha ilm-ma’rifat, ma’naviyat ziyosi, tafakkurlar sarchashmasidir. Kitob ulashish, sovg’a qilish  eng yaxshi qadriyatlardan biridir.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.