Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yiliga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, tarbiyachi pedagoglar hamda Jamoat xavfsizligi unversiteti jamoat xavsizligini ta’minlash kafedrasi hamkorligida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yiliga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda yuridik fanlari doktori, professor I. Ismoilov Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasining mazmuni, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z olib bordi. Uchrashuvda ma’ruza qilgan B. Zokirov yoshlar o’rtasidagi turli ommaviy madaniyat va turli ekstrimistik g’oyalar ta’siriga tushmaslik boyicha tavsiyalar bergan bo’lsa, ma’ruzachi
L. Shoyusupova tomonidan «Uchinchi Rennesans» poydevori yoshlar ekanligini va buyuk ajdodlarimiz merosining hozirgi ahamiyat to’g’risida qiziqarli ma’lmotni berib o’tdilar. Uchrashuv yakunida talabalar bilan qiziqarli debatlar bo‘lib o‘tdi. Bunday uchrashuvlarni doimiy tarzda o‘tkazish belgilab olindi.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.