Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Qoʻshimcha qabulga tavsiya etilgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining 2022 yil 29 dekabr 10-sonli bayoni bilan tasdiqlangan, Toshkent tibbiyot akademiyasiga davlat granti asosida qoʻshimcha qabulga tavsiya etilgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga: 18.01.2023 yil soat 10.00 dan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi 8-talabalar turar joyida joylashgan qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim, qilishingiz so‘raladi!

Kerakli hujjatlar:

  1. Rektor nomiga ariza (kelgan vaqtda ariza yoziladi);
  2. Pasport asl nusxasi va 4 dona nusxasi (yashash hududi ko‘rstilgan xolda);
  3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi va 1 dona nusxa;
  4. 3.5×4.5 rasm (foto) 12 dona;
  5. ID nusxasi (abiturient ruxsatnomasi) 3 dona;
  6. Javoblar varaqasi nusxasi 3 dona;
  7.  Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli).

Qo‘shimcha ma‘lumot uchun quyidagi raqamalarga murojat etishingiz mumkin:

Jomurodov Laziz +998 91 636 07 32

Daminov Odilbek +998 99 875 19 94

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.