Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi

Toshkent tibbiyot akademiyasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.  Unga muassasada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning yutuqlari munosib taqdirlandi.
Фото: Тошкент тиббиёт академияси

Bugungi kunda TTA da 700 nafardan ziyod ayollar mehnat qilishadi. Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan o’tkazilgan bayram tantanasida ularning ilmiy, tashkiliy va boshqa jarayonlarda qo’lga kiritayotgan yutuqlari e’tirof etildi.

Фото: Тошкент тиббиёт академияси

Akademiya rektori A.K.Shadmanov tadbirda jamiyat taraqqiyoti va hayotimizni ayollarning ishtirokisiz tasavvur etib bo’lmasligini alohida ta’kidladi va qadrli ustoz-murabbiylar, xotin-qizlarni go’zallik va nafosat ayyomi bilan qutlab, ularga mustahkam sog’lik, go’zallik, oilaviy baxt tiladi.

Фото: Тошкент тиббиёт академияси

Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tayyorlangan badiiy-musiqiy kompozitsiyada bilimli, zukko, har tomonlama o’rnak olsa arziydigan, nomdor stipendiant talaba-qizlar va olima ustoz shifokorlarga alohida ehtirom ko’rsatildi.

Suningdek, Toshkent davlat rus drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan  “Хаnuma” teatr tomoshasi namoyish etildi.