Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

DIQQAT!!! “BOʻLAJAK OLIM” TANLOVI E’LON QILINADI

 

  1. “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish va ilmiy gʻoyalar, loyihalar va startaplarini moliyalashtirish:

“Boʻlajak olim” tanlovi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 222-son qaroriga asosan har yili tashkil etiladi. Mazkur qarorda “Bo‘lajak olim” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom qarorning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan (https://lex.uz/uz/docs/-5377538).

“Bo‘lajak olim” tanlovi – ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirishga hamda ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirishga qaratilgan tanlov hisoblanadi. “Boʻlajak olim” tanlovi e’loni joriy yilning may oyida quyidagi saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali beriladi:

  1. https://yoshlarakademiyasi.uz/
  2. https://edu.uz/uz
  3. https://mininnovation.uz/
  4. https://t.me/yoshlarakademiyasi
  5. https://t.me/eduuz
  6. https://t.me/mininnovation

Hozirda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba yoshlar orasida mazkur tanlov, unda ishtirok etish tartiblari va nizomlari yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borishga qaratilgan seminar-treyninglar tashkil etilishi lozim.     Vazirlikdan muvofiqlashtiruvchi xodim: D. Nuriddinov – (93) 561 88 41

  1. “Akademik harakatchanlik” dasturini ishga tushirish: “Akademik harakatchanlik” dasturi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga asosan har yili tashkil etiladi. Mazkur qarorda “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi to‘g‘risida nizom qarorning 1-ilovasiga muvofiq (https://lex.uz/uz/docs/-5377538).

“Akademik harakatchanlik” dasturi – yosh olimlarning o‘z ish joyidan ajralmagan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etish, ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha loyihalarni (keyingi o‘rinlarda – loyiha) amalga oshirish, shuningdek, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur hisoblanadi. “Akademik harakatchanlik” dasturi e’loni joriy yilning may oyida quyidagi saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali beriladi:

  1. https://yoshlarakademiyasi.uz/
  2. https://edu.uz/uz
  3. https://mininnovation.uz/
  4. https://t.me/yoshlarakademiyasi
  5. https://t.me/eduuz
  6. https://t.me/mininnovation

Hozirda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba yoshlar orasida mazkur dastur, unda ishtirok etish tartiblari va nizomlari yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borishga qaratilgan seminar-treyninglar tashkil etilishi lozim. Vazirlikdan muvofiqlashtiruvchi xodim: I. Meliziyayev – (97) 755 05 57 3.

Talaba-yoshlarning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirish maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonini tashkil etish: “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni – Ilmiy innovatsion sohada faoliyat yuritib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni texnologik bilimlarini boyitish hamda innovatsion loyihalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladigan tanlov hisoblanadi. “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining nizomi hamda tegishli hujjatlari ilovada yuborilmoqda. Mazkur nizom asosida joriy yilning may oyida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining oliy ta’lim muassasasi bosqichini tashkil etish hamda marafon g‘oliblariga Respublika bosqichiga yo‘llanma berilishi lozim. Vazirlikdan muvofiqlashtiruvchi xodim: D. Nuriddinov – (93) 561 88 41

  1. “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovini tashkil etish: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-87-son Farmoni 5.2-bandiga muvofiq “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovini o‘tkaziladi. “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovi – ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yosh xotin-qizlarning startap loyihalarini moliyalashtirishga qaratilgan tanlov hisoblanadi. “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovi e’loni joriy yilning iyun oyida quyidagi saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali beriladi:
  2. https://yoshlarakademiyasi.uz/
  3. https://edu.uz/uz
  4. https://mininnovation.uz/
  5. https://t.me/yoshlarakademiyasi
  6. https://t.me/eduuz
  7. https://t.me/mininnovation

Hozirda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlar orasida mazkur tanlov, unda ishtirok etish tartiblari va nizomlari yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borishga qaratilgan seminar-treyninglar tashkil etilishi lozim. Vazirlikdan muvofiqlashtiruvchi xodim: G. Iskandarova – (91) 164 41 11

  1. “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovini tashkil qilish: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 30-son “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-son qaroriga asosan fevral-may oylarida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazilmoqda (https://lex.uz/uz/docs/-5830270).

Hozirda mazkur tanlovning 1-bosqichi respublikamizdagi tumanlar va shaharlar kesimida tashkil etildi. Tanlovning 2-bosqichi joriy yilning aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida tashkil etiladi. Vazirlikdan muvofiqlashtiruvchi xodim: D. Nuriddinov – (93) 561 88 41

  1. Oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talaba yoshlari ishtirokida “Yoshlar Orolni asraydi” aksiyasini oʻtkazish: Hozirda mazkur aksiyasida ishtirok etishni hohlagan talabalar ro‘yxatini shakllantirish maqsadida tanlov nizomini ishlab chiqib, tanlov e’lonini berish lozim. Mazkur tanlov orqali Orol dengizi muammolari yechimiga va uni oqibatlarini kamaytirishga yo‘naltirilgan eng yaxshi innovatsion loyihalar saralab olinib, tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida joriy yilning aprel-may oylarida tashkil etiladigan “Yoshlar Orolni asraydi” aksiyasida ishtirok etadilar. Vazirlikdan muvofiqlashtiruvchi xodim: D. Nuriddinov – (93) 561 88 41
  2. Oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talaba yoshlari ishtirokida “Intellektual haftalik” tadbirini oʻtkazish: Har bir oliy taʼlim muassasasida “Intellektual haftalik” tadbirlari tashkil etish va haftalik doirasida ilmiy konferensiyalar, seminarlar, soha yetakchilari bilan uchrashuvlar, shuningdek, “Rektor kubogi” uchun Zakovat oʻyinlari tashkil qilish lozim Vazirlikdan muvofiqlashtiruvchi xodim: I. Meliziyayev – (97) 755 05 57

 

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.