1 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari “Shifokorlik” qasamyodini qabul qildi

Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 2023-yil 16-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Ibn Sino izdoshlarimiz” nomli bitiruvchilarni “Shifokorlik” qasamyodini  qabul qilish va bitiruviga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi.

 

Dastlab tadbirni ochib berish uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi o’quv ishlari bo’yicha prorektor Shuhrat Abdujalilov so’zga chiqib bitiruvchilarni yangi hayotga qadam qo’yayotgani bilan tabrikladi hamda bitiruvchilarga tibbiyotga oid bilim va ko’nikmalarni chuqur, puxta egallash sirlarini o’rgatgan barcha ustozlar, professor-o’qituvchilarga  minnatdorchilik bildirdi.

 Qasamiyod_2023

Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining №44 sonli farmoyishida qayd etilgan O’zbekiston respublikasi shifokorlarining qasamyodini o’qish uchun sahnaga taklif etildi va bitiruvchilar “Shifokorlik” qasamyodini qabul qilishdi.

Qasamiyod 

Qasamyoddan so’ng, Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektorlari hamda fakultet dekanlari so’zga chiqib bitiruvchilarni kelgusi ishlarida ham omad va zafarlar tiladi.

 

Shuningdek, o’qish davrida o’zining faolligi, ilmi, sohadagi qiziqishlari, milliy va xalqaro tanlovlar g’oliblari, nufuzli stipendiya sovrindorlari, o’z tegdoshlariga o’rnak bo’lib kelgan talabalar planshet bilan taqdirlanadi.

 

Tadbirning badiiy qismida esa akademiyaning san’atga qiziqadigan talabalari ijrosida dilga yaqin qo’shiq va raqslar, badiiy chiqishlari bitiruv kechasiga tashrif buyurgan 1800 nafar talaba va ularning ota-onalari, professor o’qituvchilarga yuqori kayfiyat va unitilmas onlarni taqdim etdi.

 

Tadbirning yakuniy qismida Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektorlari, talabalar, professor o’qituvchilar hamda ota-onalar esdalik uchun suratga tushishdi.​

 

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.