1 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasi xodimlari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida bo’ldi

Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabiga bordi.

Tadbirda kafedra mudiri R.N.Melibayeva so‘zga chiqib, yurtimizda imkoniyati cheklangan bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va yuksak ehtirom alohida e’tirofga loyiqligini ta’kidladi, nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘lab-quvvatlab, yurtimizda ular uchun yaratilayotgan shart sharoitlar haqida gapirib o‘tdi.

Tadbir doirasida maktabda tahsil olayotgan 500 nafardan ortiq imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga kafedra tomonidan sovg‘a-salomlar berildi. Bunday muassasalar bilan doimiy aloqa o’rnatishdan maqsad, nafaqat amaliy yordam ko‘rsatish, balki barcha toifadagi xodimlar o‘rtasida shukronalik hissini uyg‘otish, har qanday sharoitda ham o‘zgalarga ko‘mak berish, savob ishni har kim va har kuni qilishi lozimligini anglashdir.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.