1 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Tyutorlik faoliyati Yangiliklar

Bugun mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilingan kunning 31 yilligini “Oʻzbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!” shiori ostida keng nishonlandi.

Poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” maydonida tashkil etilgan bayram dasturi oliy taʼlim muassasalari professor – oʻqituvchilari va talaba-yoshlarini ishtirokida yuqori saviyada oʻtkazildi.

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, tinchligi va barqarorligi timsoli boʻlib, el-yurtimizning gʻururi, iftixori boʻlgan bu ramzlarda tariximiz, boy maʼnaviy-madaniy merosimiz, milliy urf-odat va anʼanalarimiz oʻz ifodasini topgan.

Milliy ramzlarimiz — Vatanimiz suvereniteti, xalqimizning nafaqat azaliy umid va istaklari, balki porloq kelajagi timsollari boʻlgani tufayli ularni hurmat qilish, asrash barchamizning fuqarolik burchimizdir.

 

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.