Bo'lim yangiliklari Tanlovlar Yangiliklar

“BKP QUIZ” intellektual turniri o’tkazildi

 

Kuni kecha bizning kafedramiz, TTA bolalar kasalliklari propedevtika kafedrasi jamoasi tomonidan ochiq dars sifatida 10 ta guruhlar o‘rtasida ( jamoada) “BKP QUIZ” intellektual o`yini sifatida interfaol usulda Zakovat arenada tashkil etildi. Kuzatuvchi sifatida TTA prorektorlari, fakultet dekanlari va xoxlovchi o‘qituvchilar ishtirok etdi. Ushbu ochiq dars juda qiziqarli va savol javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi, bunday interfaol usuldagi darslar o‘ylaymizki talabalar bilimini boyitishda va dars beradigan o‘qituvchilarni faoliyatiga ham baho berishda muhim o‘rin tutadi!. Ushbu ochiq darsda 6 ta (pediorebus , suratografiya, mantiqogramma, fonendoskop, bir kam fakt, ha yoki yo‘q) raundda 5 tadan jami 30 ta savol bo‘lib, har bir raundda bitta o‘qitish usuli bilan propedevtikaga oid masala yechildi. masalan pediorebus Surat, harf va baʼzi bir shartli belgilar vositasida ifoda etiladigan qiziqarli rebus va topshiriqlarni yechish ishtirokchi hamda kuzatuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu dars jyurilar tomonidan baholandi va natijalarga ko‘ra 1 o‘rin – Magicmed jamoasi 314 B guruxi (o‘qituvchisi Bibiroziya Xabibullaeva), 2 o‘rin – Sog‘lom Bolajon jamoasi 309 B gurux talabalari ( o‘qituvchisi, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mafura Sagdullayeva), 3 o‘rin – Eyforiya jamoasi 326 B guruhi talabalari (o‘qituvchisi Maqsud Muxtorov) egallashdi. Tadbir yakunida g‘olib bo‘lgan jamoaning har bir a’zosiga esdalik sovg‘a sifatida pediatriyaga oid badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
https://youtu.be/kZ158fqZbag
Bolalar kasallliklari kafedrasi mudiri, professor T.A. Bobomurotov