Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Yangiliklar Zulfiyaxonim ijodini o'rganamiz

Zulfiyaxonim Isroilova xotiralariga bag’ishlab ularning 41 she’rlaridan tizilgan ijod namunasi

«Tun to’la qo’shiqqa» mahliyo bo’ldim

«Yulduzlar allasi» so’zimga mushtoq

«Tun» ni  «Tong» ga tutib «sog’inib» to’ldim

Bu kun «O, ijod» im «daryoday uyg’oq»

«Lahzalar» «qalam»ga «lavha» tutgulik

«Umrim karvoni» ni «yillar» da tizdim

«Hayol qanotida» baxtga yetgulik

Va «men chizolmagan suratni chizdim».

«Bog’lar qiyg’os gulda» yayra, «Kel, bahor»

«Qayda o’z sevinchim» – » Men tug’ilgan kun»

«Tuhfa» et «Orzu»lar, «Ko’ngil» et «gulzor»

Faqat ayblama «Biz tongni sevgan-chun»

«Bulut o’yini»da «yomg’ir» jonsarak

«Bo’ron quchog’ida»n  «o’tli tomchi»lar

«Quyosh uzib ber»gan rangin «kamalak»

«Hayot jilosi» dan sirli sochilar

«Tingla bulbul» baxtning kuyin chalay men

«Mushoira»mda qol ketma yiroqlab

«Xayr endi» dema sen-la qolay men

Axir «Bahor keldi seni so’roqlab»

O, ona tabiat «bog’bon»ingman der,

«Yaratish dardi»ni pinhon quribdi

Har shoir tanida «qatra» bitib she’r

«Navoiy yuragi urib turibdi»

Sendan bir «Iltijo» ranjima faqat

Dema «o’g’irlayman qalaming bir kun»

Kel, do’stim – izdoshim bo’lgin toabad

«Mening tongim» – she’rim bo’lolsin butun!

Davolash fakulteti 409 guruh talabasi Djumayeva Farangiz

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.