Bo'lim yangiliklari She'rlar Talabalar ijodi Yangiliklar

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy pedagogika fakulteti talabasi Ergashova Mohitabonning «Ona diyorim O’zbekistonim» nomli she’ri

«Ona diyorim O’zbekistonim»

Shu’urum, shonim , shavkatim Vatan

Yengilmas dushmandan,qudratim Vatan

Ravnaq top to abad azizim Vatan

Ajdodlardan meros davlatim Vatan

Layoqatli og’lonlaring ilmga chanqoq

Izlanish ixtirola yecharlar jumboq

Har jabhada erishgan zafarlarga boq

Ulug’imsan, buyugimsan go’zalim Vatan

Serhosil yerlaring ,bog’laring korkam

Yettidan yetmish yosh yashar tinch bardam

Noming ulug’lansin to abad o’lkam

Olamda tengi yoq yagonam Vatan

Valiylar-u pirlar ruhin shod etgan

Islomni ,Qur’onni dilga jo etgan

Cholu sahrolarni guliston etgan

Sajdagohim ,imkon tayanchim Vatan

Alyorlar aytilsin har kun tuningda

Lolalar rayhonlar unsin yo’lingda

Orzular umidlar bisyor dilingda

Manguga ravnaq top ulug’im Vatan

OMONAT DUNYODA OMON BO’LAYLIK

VATAN DEYA JONNI SADQA QILAYLIK

GULLATIB YASHNATIB HAR QARICH YERNI

ABAD ISTIQLOLA YASHASIN VATAN!!!

 

Tibbiy pedagogika fakulteti talabasi Ergashova Mohitabon