Bo'lim yangiliklari She'rlar

Hidoyatov Karomatullo Umedulloyevich she’riy to’plami

Hidoyatov Karomatullo Umedulloyevich

Tibbiy pedagogika fakulteti VI bosqich 603 guruh talabasi.


Salom …

Salom hayot – Sen barisin boshisan.
Salom yog’du – Senla nurafshon yo’lim,
Salom zulmat – Bu koinot shohisan.

Salom sevgi – Senla go’zaldir hayot,
Salom nafrat -Sen ko’ngilning kishani,
Salom qayg’u – Sendan barpo matonat.

Salom quvonch – Sen ezgulik lazzati,
Salom boylik -Sen jilvakor chayonsan.

Salom ey baxt – Sen insonlar orzusi,
Salom orzu – Sen hayot alomati.


 Volidang sening

Siqilib ketganda yuraging notinch,
Uni qiynaversa tinmayin sog’inch,
Topolmasang hech zotdan birgina ilinj,
Onang tushunadi volidang sening.

Sekin-sekin dunyolar bo’lsa ko’zga tor,
Chilla saratonda yog’ib bersa qor,
Oddiy so’zlardan ham bo’lsang dilozor,
Onang tushunadi volidang sening.

Yig’layverib tim ashking bo’lsa hamki nam,
Yuraging tinmasa, to’lib tursa g’am,
Sen uchun hech narsa qilmasin alam,
Onang tushunadi volidang sening.

Yo’lingdan chiqadi sarxil muammo:
Biri jo’n, boshqasi murakkab ammo.
Senga qarshi chiqsa yeru-ko’k, samo,
Onang tushunadi volidang sening.

Sen sevgin, chin dildan xohlaganingni,
Kimga dil yuraging bog’laganingni,
Ko’ndirar, ko’nmayin dog’laganingni
Onang tushunadi volidang sening.

Kech kelsang uyingda yonadi chiroq,
Ketsang ham uyingdan qanchalar yiroq,
Bir inson, ko’zi to’rt, yo’lingga mushtoq –
Onang tushunadi volidang sening.

Ona otash mehri bu – sir sinoat,
Sen uchun har azon qilar ibodat,
Tilaydi umringa ma’no saodat,
Onang tushunadi volidang sening.

Bilgin onang uchun sen qandoq aziz,
Qoldirgin onangchun buyuk o’chmas iz.
Siqilma, unutma sen shuni hargiz
Onang tushunadi volidang sening.


 O’yla

G’ururing chang bo’lib sovrilishin qo’y,
Vijdon yuragingni qovrishin o’yla.

O’ylama kun kelib aldanishingni,
O’ylagin o’zgagayolg’on so’zlashni.

G’ururing xas bo’lib sovrulishin qo’y,
Vijdon yuragingni qovrushin o’yla,
O’ylama kimdandir qo’rqib yashashni,
Nogoh bandasini xo’rlashni o’yla.

O’ylama hayotda o’ynab yashashni,
Yaxshisi o’rgangin o’ylab yashashni.

G’ururing changdayin sovrulishin qo’y,
Vijdon yuragingni qovrishin o’yla.

Bo’larkan hayotda har xil toifa.
So’z aytib jon olar hatto zaifa.

Dilni og’ritguvchi so’zlaringni qo’y,
Vijdoning ko’zlaringni o’yishin o’yla.

O’ylama hayotning baland pastini,
O’ylama nokasning порокqastini,
Qast olib yuraging ovutishni qo’y,
Qasos qiyomatda qaytishin oyla.

Seningcha hammasi joyi joyida,
Gul berib tiz cho’ksang uning poyida,
Havasga sevishni sevilishni qo’y,
Ajaling sevgisiz yetishin o’yla.

Jimginayurasan go’yo sen dono,
Ortiqcha o’zinga qo’ygansan bino.

Bundagi sukutli obro’yingni qo’y,
Unda so’zlaguvchi zaboning o’yla.


Tilsalar

Qani edi muhabbatim siyratini bilsalar,
Yiroqlashlaymay yonginamga tezroq qaytib kelsalar.

Shuncha sitam yetmaganday men oshiqning holiga,
Nahot ishqla kuygan dilni hijron bilan tilsalar.

Koshki edi mening kabi shirin tuyg’u tuysalar,
Kaminadek kaminani cheksiz-cheksiz sevsalar.

O’zi holi xarobimni bilib turib kulsalar,
Nahot ishqla kuygan dilni kulib kulib tilsalar.

Men istardim mayli men mas boshqalami sevsalar,
Lckin, menga – men shaydoga bir bor imkon bersalar.

Baxtdan kechib gulim sizga baxtlar tilab tursalar.

Nahot ishqla kuygan dilni shu baxt bilan tilsalar,
Mayli vaqt ham o’taversin, o’tsin qancha oy yillar,
Sizdan umid bo’Imasa ham, umid bilan kutsalar,
Sizni kutib parivashim, bir kun bevaqt o’lsalar,
Nahot ishqla kuygan dilni ajal bilan tilsalar.


Yulduzlarim

Salom sizga ey qandrdon yulduzlarim,
Sizga bugun aytmoqchiman dil so’zlarim,
Yoshga to’ldi yana intizor ko’zlarim.

Qadrdonsiz ammo mendan yiroqlarda,
Kuyganim rost yonganim rost firoqlarda,
Olisdagi miltillagan chiroqlarda.

Ko’ksimda bir ajoyibot yana uyg’oq,
Yana jonga azob berar, yana qiynoq.

Qadrdonim ayting endi, boray qay yoq?

So’ylang endi ey qadrdon yulduzlarim,
Eshitganingiz yolg’on emas rost so’zlarim,
Diydor tilab yig’layverar tim ko’zlarim.

Qadrdonim, bo’lmang mendan yiroqlarda,
Kuydirmangiz yondirmangiz firoqlarda,
Yonimdagi lov-lov yongan chiroqlarda.

Hamon do’stim bu yuragim bedor uyg’oq
Garchi unda bo’lsa hamki shuncha qiynoq,
So’z kerakmas men yashayman oddiy shundoq


Ajib bir his bor edi menda
(“Hamid Olimjon”)

Ajib bir his bor edi menda,
Bu hislar quvonchmi ? Qayg’udir balki.

Ming minglab tuyg’ular mavjud insonda,
Majnunni yig’latgan tuyg’udir balki.

Menda orom yo’qdir har tunu kunda,
Tog’larni qulatgan kulgudir balki.

Yuragim urmoqda yuz bor har onda,
U uchun kimlardir kerakdir balki.

Kimnidir qidirdi kecha azonda,
Birorta suluvni sevgandir balki.

Deydilar hayot go’zal, ko’rinar tongda,
Sevgi esa umrning, hayotning ko’rki.

Hayronman bittasin ko’rdim tushimda,
U1 sanam parivash shunday go’zalki.

Qolmay hatto qaror hushimda,
Bilmadim bandami, farishta balki.

Ko’nglim hissin bildim, bildim o’shanda,
Men yashayman dunyoda, toki u borki.

Bir ajib his bor edi menda,
Men sevgan ul suluv hayotim ko’rki.


Nechun siz meni seva olmaysiz

Bilmam, nelar o’tar xayolingizdan?
Noroziman bunday qaroringizdan,
Ma’no anglolmadim savolingizdan,
Nechun meni siz seva olmaysiz?

O’t bo’lib yonardim nigohingizla,
Muz singari erirdim iforingizla,
Suv kabi oqardim ovozingizla,
Nechun siz meni seva olmaysiz?

Qaniydi, jo bo’lsam ko’zlaringizga,
Oy ham hasad qilgan yuzlaringizga,
Shu jonim sadqadir izlaringizga,
Nechun siz meni seva olmaysiz?

Axir men sizni sevaman boqiy,
Go’yo men sharobu siz esa soqiy,
Bu sevgim sizgadur sal kam ilohiy,
Nechun siz meni seva olmaysiz?


Anglang azizim

Sevgi deganlari ajoyibotda,
U har xil, har tusda uchrar hayotda,
Goh ash’orda bo’lsa, goho bayotda,
Sevgi deganini anglang azizim.

Sevgini deydi kim: o’tkinchi osiy,
U millat tanlamas turkiy, yo forsiy,
Uning osiyligi asli majoziy,
Uning so’z sehrini anglang azizim.

Sevgi mavhumlikmas, aslida mavjud,
U yurak xohishi pokiza vujud.

Ohangi dilrabo bo’lgan, avji Ud,
Uning tor sozini anglang azizim.

Sevgini aytarlar: go’l shoir yozgan,
Go’l shoir yozganu, tentak o’qigan.

Menimcha aytganlar – aqldan ozgan,
Radifu qofini anglang azizim.

Demoqdaman: sizga anglang sevgini,
Do’stlar tushinishga urinmang uni,
U sizga ayondir, siz sevgan kuchuni,
Sevib, sevilishni anglang azizim.


Sizsiz

Balki siz emas, sevar boshqasi,
Balki sizni ham, sevar boshqasi.

Insonlar yashamas hissiz tuyg’usiz,
Men qanday yashayman, Jonginam sizsiz?

Hapqirar, jo’sh urar, negadir yurak,
Bilmayman, aslida unga ne kerak?

Hatto u ham yashamas, ursiz tug’yonsiz,
Men qanday yashayman, Sevganim sizsiz?

Bulbul yashamaydi, chaman gulisiz,
Yantoq yashay olmas, qumi cho’lisiz,
Olam tirik emas, tikon gulisiz,
Men qanday yashayman, Borlig’im sizsiz?

Hofiz yashamaydi, dardli kuyisiz,
Shoir she’r yozolmas, ilhom parisiz,
San’at yaralgaymu, ilohiy kuchsiz?
Men qanday yashayman, Go’zalim sizsiz?

Ona yashagaymu farzand yuzisiz?
Farzandlar kim bo’lar ota so’zisiz?
Borliq yaralmasdi ota-onasiz,
Men qanday yashayman Hayotim sizsiz?

Axir siz – osmonning malikasi oy,
Jayron ohularning jodu ko’zisiz,
Yuragimda o’zga uchun qolmaganda joy,
Men qanday yashayman, Yagonam sizsiz?

Men sizni bir bora ko’rganda shodman,
Hayot yo’q dermanu sevganim sizsiz,
Mensiz bo’lolsangiz, baxtli va shodon,
Balki yashagayman, Dil ahdim sizsiz.


Buyuk onajon

Hayot boshlanishi u bilan inson,
U borki dunyoda, sen xurram shodon.

Sensan, xayolida har fursat, har on,
U sening volidang – buyuk onajon.

Bo’lganingda hayotga, ilk bora mehmon,
Udir mehr berib, bag’riga olgan.

Faqat u sen uchun allalar aytib,
Ilk hayot sabog’in senga o’rgatgan.

Agar sen u tomon bir bor jilmaysang,
Dilida qolmasdi qayg’u va armon.

Salgina uh tortsang, ezilar bag’ri,
Axir u volidang – buyuk onajon.

Seni ulg’aytirdi, ey qizu o’g’lon,
Endi u muhtojdir, sening mehringa,
Intizor kutadi yo’lingga qarab,
Bu o’sha volidang – buyuk onajon.

Ey farzand, sen uni e’zozla, asra,
Farzandsan, farzandlik burchingni oqla.

U endi sendan kutar muhabbat,
Duosin olginda yulduzdek porla.

Jannat oyog’ining ostida uni,
Metin irodasi sen uchun qalqon.

Otashdan issiqroq mehr gulshani,
Jannatiy volidang – buyuk onajon.


Yolg’iz bo’lmasang

Sog’inish osonmi,
Yo sog’intirish?

Unutish osonmi,
Yo unutilish?

O’lmoqlik osonmi,
Yoki o’ldirish?

Bilmadim og’iri – Qaysiligini?
Dunyoda eng yomon – Bu tanho o’tish.

Sog’insang mayliga,
Yolg’iz bo’lmasang.

Unut, unutilgin,
Yolg’iz bo’lmasang.

Agar yoningda,
Muhabbat bo’lsa,
Mumkin hatto o’lish,
Yolg’iz bo’lmasang.


Maqsad

Hayot oqar daryodir,
Taqdir uning qirg’og’i.

Dengiz u uchun darkor,
Maqsad unga bormog’i.

Buning uchun zarur yo’l,
Majbur uni qurmog’i.

Unga farq qilmas endi,
Yumushuning salmog’i.

Bu ish uchun safarbar,
Har bir soyu irmog’i.

U uchun dengiz kerak,
Maqsad unga bormog’i.


Qisqa satrlar

Yuzing oydir, ko’zing marvarid,
Jon topshirib, qilsaydim xarid.

Nega senda ma’yuslik mudom?
Barin unut bo’lib sen shodon.

G’animatdir har lahza har on,
Baxtim uchun bo’lgin sen omon.

                  ***

Kimlar xursand, kimlar g’am ichra,
Kimlardir kimdandir kutadi mehr.

Men turibman bu dunyo ichra,
It hurmoqda karvonga “nedir”.

Charag’ondir bu ko’rkam olam,
Zarrin quyosh nurin tufayli.

Dillar payvand o’zin juftiga,
Insonning chin mehrin tufayli.

Lek shunda ham hurar it sekin,
Uzun karvon o’tadi sokin…

                  ***

 Har on yuragimda isming jarangi,
Shu sas birla bo’yalmish uning lal rangi.

                  ***

 Alvidomas, xayr emas,
Umidla ko’rishguncha.

O’sha mijg’ov do’stingiz,
Niyatiga yetguncha.

Uning niyati shudir –
Orzuingizga yeting.

Uning tilagi shudir –
Doimo baxtli bo’ling.