She'rlar Talabalar ijodi Yangiliklar

Davolash fakulteti 222-guruh talabasi Boboev Jahongirninig «Samarqfndim» sheri

 Samarqandim!..

Olislarda bugun o’sha otang-onang

Yurakkinam! Sen sog’inib og’rindingmi?!

Seni juda sog’inyapti Amir Zodang!

SAMARQANDIM!!! Sen ham meni sog’indingmi?!

 

Ayrolikda azob ekan vatan qadri

Bibixonim!!! Sen ham meni sog’indingmi?!

Bilinyapti buyuk bobom Bobur dardi

Registonim!!! Sen ham meni sog’indingmi?!

 

Bir farzanding ming bir sog’inch, firoqlarda

Nuridiydam sen ham meni sog’indingmi?!

Taqdir ekan mendan vatan yiroqlarda!..

Shohi Zindam!!! Sen ham meni sog’indingmi?!

 

Tushlarimga kirar «Bulvar», go’zal ko’cha!

Xiyoboni jonim olar edi kecha…

Bog’i Shamol menga uzoq bo’lding buncha

Hur osmonim sen ham meni sog’indingmi?!

 

Onajonim ko’zlarini sog’indimku..

Do’stlarimning so’zlarini sog’indimku..

Jigarlarim yuzlarini sog’indimku..

Yurtim non-u, tuzlarini sog’indimku

Eh do’stlarim!!!

Sog’inchlardan og’rindimkuuu

 

Amir Zodang qaytar albat oylar o’tib,

Adog’i yo’q sog’inchlarga topsa bardosh.

Men sezaman, yashayapsan sen ham kutib!!!

Salomlaring olib kelar ona quyosh..

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.