Bo'lim yangiliklari She'rlar Talabalar ijodi Tanlovlar Yangiliklar

Tibbiy Profilaktika Fakulteti 2 bosqich talabasi Kumush Gʻoyibnazarovaning 1-oktabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan fidoiy qalb sohiblari-muhtaram ustozlarga bagʻishlangan she’riy namunasi

TASHAKKUR USTOZ!!!

Bola edik oʻy-tashvish-u, gʻamdan yiroq,
Maktab bordik, oʻqish yozish bilmay biroq.
Yuzda tabassumla bizga ochgan quchoq,
Shu qaynoq taft uchun sizga rahmat Ustoz!

Sabr ila alifbodan berib saboq,
Balki biz sababchi, qoʻlingizda titroq.
Har harfda sochingizga tushdi bir oq,
Shu oq sochlar haqqi sizga taʼzim Ustoz!

Taʼlim berib chin maʼrifat oʻchogʻida,
Yoʻlimiz yoritib ilm chirogʻida.
Kezi kelsa asrab koʻzin qarogʻida,
Shu koʻzlarning nuri uchun rahmat Ustoz!

Yoshlik, shoʻxlik xato qildik biz tinmayin,
Xomush etdik qilib qiliqlar betayin.
«Bolamsanda, koʻzim qiymas»-deya mayin,
Aytilgan kechirimlarga rahmat Ustoz!

Yerda yurib osmonlarda edi hayol,
Baʼzan oʻgit, soʻzlaringiz keldi malol.
Endi sezdik yonimizda ekan iqbol,
Baxtga chorlov uchun sizga taʼzim Ustoz!

Goh onadek boshimizda turib bedor,
Goh doʻst boʻlib, xatoyimiz aytgan oshkor.
Ham koyib, ham kulib mehr etgan izhor,
Cheksiz mehr uchun sizga rahmat Ustoz!

Maqsad, orzu, gʻalabaga ishontirgan,
Yutugʻimiz bizdan koʻproq quvontirgan.
Har bir ishda halollikka suyantirgan,
Ezgu hislat uchun sizga taʼzim Ustoz!

Oyda, yilda bir bor yoʻqlab qoʻymasak ham,
Oʻz tashvish va gʻamimizla tinmasak ham.
Yoddan qoʻymay duolarda eslab qoʻygan,
Samodek keng shu qalb uchun rahmat Ustoz!

Tibbiy Profilaktika Fakulteti 205-guruh talabas Kumush Gʻoyibnazarova