5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Huquqbuzarliklar va o’g’irlik holatlarini oldini olish

 

2021 yil 19 noyabr` kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi 8-TTJ zalida fakul`tet raxbariyati va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va ma’rifat bo‘limi boshchiligida  “Huquqbuzarliklar va o’g’irlik holatlarini oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bunda Toshkent shаhar Olmazor tumani IIB 5-bo‘limi xodimlari ham ishtirok etishdi. K.K.Karimov –boshlig‘i, podpolkovnik. Maruzachilar tadbir tadbir davomida Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklar va o’g’irlik holatlarini oldini olish” mavzusi doirasida TTA da amalga oshirilayotgan ishlar xususida va bunday holatlarni oldini olish borasida qilinishi lozim bo‘lgan eng dolzarb masalalar bo’yicha atroflicha  ma’lumot berishdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni, o‘g‘irliklar va ularni olish, ekstremizm, terrorizm va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha  amalga oshirilgan ishlar, talabalar orasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘g‘irlik holatlari, xususan, talaba qo‘l telefoni  va uning plastik kartochkasi bilan bog‘liq o‘g‘irliklar va ularni oldini olish bo‘yicha aniq faktlarni bayon etildi. Shuningdek, talabalar internet tarmoqlaridagi yolg‘on ma’lumotlar (aldovlar)ga ishonib, o‘z hisob raqamidagi pullarni ixtiyotiy ravishda boshqa bir firibgarlarga o‘tkazib berishi kabi holatlar haqida ma’lumotlar berildi. “Talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklar va o’g’irlik holatlarini oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, bunday zararli illatlarni amalga oshirgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilishini tahlillar asosida tushuntirib o‘tildi. Notiqlar taqdimotlari va fikr-mulohazalaridan so‘ng talabalar bilan savol-javob asosida ochiq muloqat tashkil etildi.