Bo'lim yangiliklari Tyutorlik faoliyati Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari uchun yangi o’quv binosi foydalanishga topshirildi.

So‘ngi yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasiga qabul qilingan talabalar soni keskin ortib bormoqda. Akademiya ma’muriyatini anchadan buyon talabalar uchun munosib, keng va yorug‘ o‘quv binosi masalasi o‘ylantirib kelardi. Bugun sobiq Olmazor tibbiyot kollejining o‘quv binosiga Toshkent tibbiyot akademiyasining bir necha fakulteti ko‘chib o‘tdi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalariga yaratib berilayotgan yangi imkoniyatlar borasida gapirilib, mavjudlarini zamon talablariga moslashtirish ustida olib borilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘z o‘rnida  talaba yoshlar bunday e’tibordan mamnunliklarini bildirib, yangi binoda yangi bilimlarni yanada chuqurroq egallashga so‘z berdilar.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.