Bo'lim yangiliklari Tyutorlik faoliyati Yangiliklar

“Tarbiya – komillik sari qadam”

Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida ma’naviy omillar ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan.

Yosh avlodni kelajakka ishonch hosil qilish uchun avlodimiz ma’naviy-axloqiy merosini chuqur o‘rganib, o‘z faoliyat, iste’dod va qobiliyatini hayot yo‘nalishini yurt, xalq, davlat maqsadi bilan uyg‘unlashtirish lozim.

Shu munosabat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasida tyutor lavozimida faoliyat yuritayotgan Xurramov Ramazon Sadatovich o‘ziga bitiktirilgan guruhlar bilan 2021 yil 5 noyabr sanasida “Tarbiya – komillik sari qadam” deb nomlangan mavzu asosida  ma’naviyat va axborot soati olib bordi.

Axborot va ma’naviyat soati davomida Tyutor o‘z talabalari bilan Ahmad al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy kabi buyuk qomusiy olimlar asarlarida, ularning ilmiy-nazariy ta’limotlaridagi  ta’lim-tarbiya masalalari keng muhokama qilind.