5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari She'rlar Talabalar ijodi Tyutorlik faoliyati

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2- davolash fakulteti talabasining «TIBBIYOTNING MOHIRI QAHRAMON SHIFOKORLAR» nomli she’ri

       Gippokratning nomiga ichar sharafli qasam,
       Bemorlarning dardiga topadi ular malham.
       Qoyil deysan ko’rsang gar havas qiladi odam,
       Tibbiyotning mohiri qahramon shifokorlar.

 

        Qalbi yig’lab tursa ham ko’zlari kulib turar,
        Darmandlarning dardiga har lahza davo izlar.
        Rahmatga loyiqdirlar ular jannat yuzlilar,
         Tibbiyotning mohiri najotkor shifokorlar.

 

       Tor ko’rinar dard kelsa ko’zlaringga bu dunyo,
       Shifokorning so’zlari bo’ladi mehrigiyo.
       Oq najotkor farishta asli shifokor go’yo,
      Tibbiyotning  mohiri ul aziz mehribonlar.

 

      Mehr degan bir ajib dori uning quroli,
     Mehri daryo shifokor bemorningdir najoti.
     Har qanday og’ir dardning topadi ular kori,
     Tibbiyotning mohiri qahramon shifokorlar.

2-DAVOLASH ISHI FAKULTETI 104-GURUH TALABASI LAYLO EGAMBERDIYEVA