Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Tyutorlik faoliyati Yangiliklar

“Muqaddasdir Vatan Bayrog‘i” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir.

Toshkent tibbiyot akademiyasida  O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan Bayrog‘i”  mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi 1- davolash fakulteti  yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari B. A. Qo‘chqarov, Toshkent tibbiyot akademiyasi Psixologi A. M. Xudoyberdiyev va 1- davolash fakulteti  Tyutorlari D.M. Mustayeva, H. B.Nurboyeva, D. A. Nabiyeva, Sh. A. Shukurova, R.S.Xurramov, S.O‘.Ro‘zmetov, G‘.T.Qodirov, S.S.Rustamov, D.R. Xayrullayev, A.R. Xurramov, hamda 1- davolash fakulteti  talabalari ishtirokida kutarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi Psixologi Xudoyberdiyev Alijon Muxtorovich ochib berdi. Shu bilan birga bayrog‘imizning 30 yilligi bilan barchani tabrikladi.

Tadbirni fakultetning 1- kurs talabalari tomonidan Bayrog‘imizning tarixi, kelib chiqishi, davlat ramzlarining mamlakat hayoti va millat erkinligidagi o‘rni haqida batafsil ma`lumot berdilar. Shu bilan birga iqtidorli talabalar tomonidan bayrog‘imizni madh etuvchi she’rlar o’qib eshittirildi.

Tadbir fakultetning 2-kurs talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. Tadbirda shuningdek, talabalar ijodidan she`rlar, sahna ko‘rinishlari va baxshiyona chiqishlar o‘rin oldi.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.