5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Muqaddasdir Vatan bayrog’i.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti talabalari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy hamda badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tashrif buyurgan mehmonlarga bayroqning buguni va hozirda dunyo arenalarida, BMT bosh qarorgohi binosi oldida hilpirab turgani, sportchilar, olimlar hamda boshqa kasb egalari dunyoda o‘z yurti bayroqlarini hilpiratgan vaqtda inson qalbi g‘ururga to‘lishi aytib o‘tildi. Bayroqning kelib chiqish tarixi, bayroqning har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgani mustaqil vatanimiz bayrog‘ining yaratilish tarixiga oid ma’lumotlar keltirib o’tildi.
O‘zbekistonimiz bayrog‘i bilan g‘urur va iftixorga to‘la manzaralar yoshlarni fidoyilikka, vatanparvarlikka, yangi marralarga chorlashini alohida taʼkidlandi. O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog‘ini ardoqlashini, сhunki bayroq — hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzi ekanligi gapirib o’tildi.
Shuningdek, tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar tinglandi.

 

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.