4 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Tanlovlar Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasida Zakovat intellektual o’yinlari bo’yicha Rektor kubogi tashkil etildi

Bugungi kunda davlatimizda yoshlarning intelektual salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani hech kimga sir emas. Buning natijasi o‘laroq yoshlarda intelektual o’yinlarga bo’lgan qiziqish yuqori darajaga ko’tarildi. Toshkent tibbiyot akademiyasida ham talabalarning talab va istaklarini hisobga olgan holda Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamda Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi bilan hamkorlikda 2021-yilning 18-25 noyabr kunlari zakovat intelektual o’yinlari bo’yicha “Rektor kubogi” o’tkazildi. Ushbu turnirda Toshkent tibbiyot akademiyasining 180 nafar talabasi 30 ta jamoa tarkibida g’oliblik uchun kuch sinashishdi. Saralash o’yinlarida reja bo’yicha 10 ta jamoa finalga yo’llanmani olishi kerak edi, ammo raqobat kuchli va shiddatli ekanligi xisobga olinib 13 ta jamoa finalga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Olmazor tuman yoshlar ittifoqi markazida o’tkazilgan final o’yinlari haqiqiy “jang”ga aylanib ketdi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Final natijalariga ko’ra magistrlardan iborat “ Tafakkur” jamoasi 15 ball to’plab III- o’rinni qo’lga kiritishgdi.    II- o’rinni 17 ball to’plagan xolda 1- davolash fakultetining 306- guruh talabalaridan iborat “Forward” jamoasi egallagan bo’lsa.  1-davolash fakultetining 306- guruh talabalaridan tashkil topgan “Everest” jamoasi 18 ball to’plagan xolda mutloq g’oliblikni qo’lga kiritishdi. G’oliblarni taqdirlash marosimi 1- dekabr kuni o’tkazilishi rejalashtirilgan.