Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasida talaba yoshlar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 30-noyabr  kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati raisi o‘rinbosari B.N.Rashidov,  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi I.I.Marupov va O‘zbekiston Milliy Universiteti dotsenti, Toshkent shahar Olmazor tuman Kengashi deputati,  jurnalist T.U.Eshbekovlar ishtirokida “Jaholatga qarshi-ma’rifat”  shiori ostida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik” mavzusida  yig‘ilish  o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi aholisini buzg‘unchi g‘oya va harakatlar ta’siridan asrash, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” degan g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini targ‘ib qilish hamda mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning asl mazmunini ochib beruvchi tadbirlarni mazmun mohiyati, Islomda e’tiqod erkinligi,   dinlardagi ixtiloflar, yaxshilik, kabi axloq masalalariga oid tushunchalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Tadbir ishtirokchilarining diniy va ilmiy yo‘nalishlardagi  savollariga tadbir ishtirokchilari tomonidan ilmiy asoslangan javoblar qaytarildi. Tadbir barcha talabalarga manzur bo‘ldi.

  

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.