4 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Yangiliklar

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy pedagogika va xalq tabobati fakultetida Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavalludiga bag’ishlab, “Mirzo Bobur hayoti va ijodida yoshlar uchun ibrati” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi №5 TTJ, 2-qavat A va B blokida yashovchi talabalar va klinik farmakologiya kafedrasi xodimlari va  tibbiy pedagogika va xalq tabobati fakulteti “Yoshlar bilan ishlash bo’yicha ma’naviyat va ma’rifat” ishlari bo’yicha dekan muovini S.Sh. Rustamova bilan birgalikda “Mirzo Bobur hayoti va ijodida yoshlar uchun ibrat” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim bo’lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda bo’lganligi haqida prezentatsiya, videorolik, sahna ko’rinishlariga boyitilgan tadbir o’tkazildi. TTJ da yashovchi talabalar faol ishtiroklari bilan Mirzo Bobur haqida chuqur bilimga ega ekanligi, faxrlanishlari va amal qilishga harakatlarini ko’rsatishdi. Harold Lambning “Bobur-yo’lbars”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarlar bilan ham tanishildi va muhokama qilindi.

Tibbiy pedagogika va xalq tabobati fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini  S.Sh.Rurtamova

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.