2 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Sport tadbirlari Sport tadbirlari Tanlovlar Yangiliklar

Shaxmat musobaqalarining uzoq kutilgan final bosqichi bo’lib o’tdi.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi o’zining ko’p yillik qadryatlariga ega oliy ta’lim muassasi xisoblanadi. Ana shunday an’analardan biri bugun bo’lib o’tdi Akademiyada tahsil olayotgan talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda raqobatbardoshlik sifatini shakllantirish maqsadida shaxmat o’yinlari tashkillashtirilib ularning final o’yini o’tkazildi. Final bahsiga 150 nafar talaba ichidan eng kuchli 13 nafar talaba yetib kelib ular g’oliblik uchun kuch sinashishdi. 7 turdan iborat bo’lgan final uchrashuvida 2- davolash fakulteti I bosqich talabasi Boltayev Sardor 6 ta g’alaba va 1 mag’lubiyat bilan 6 ochko jamg’argan holda g’oliblikni qo’lga kiritdi. 2 va 3- o’rinlarni g’olibdan bir ochko kam jamg’argan 1- davolash ishi VI-bosqich talabasi Anarkulov Rustam va 1- davolash fakulteti III bosqich talabasi Nafisa Islomovalar qo’lga kiritdilar.
G’oliblar Toshkent tibbiyot akademiyasining diplomlari va pul mukofotlari bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Turnir natijalari quyidagicha yakunlandi:

1-o’rin: Boltayev Sardor Sirojiddin o’g’li – 2-son davolash 1-bosqich 101-guruh talabasi;

 

 

 

 

 

2-o’rin: Anarkulov Rustamjon Abdusamad o’gli – 1-son davolash ishi fakulteti 6-bosqich 606-guruh talabasi;

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-o’rin: Islomova Nafisa Allayor qizi – 1-son davolash fakulteti 3-bosqich 306- guruh talabasi.

 

 

 

 

       

     

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.