5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

“Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining yarim final bellashuvi bo‘lib o‘tdi

«Turkiston» saroyida joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda Zo’r-TV telekanali hamkorligida tashkil etilgan «Quvnoqlar va zukkolar» respublika ko‘rik-tanlovining yarim final bosqichi bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining mazkur bosqichi doirasida 3 ta shart asosida bellashuv o‘tkazildi.

Bellashuvda 4 ta jamoa ishtirok etdi va turli shartlar asosida o‘z bilim va mahorati, hozirjavobligi, intellektual salohiyatini namoyish etdi.

Bu finalda yuqori natija bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining “Adrenalin” jamoasi o’zining yuksak zukkoligi va mahorati uchun final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Bu muvaffaqiyat jamoa a’zolarining tinim bilmay qilgan mehnatlari samarasidir. Adrenalin jamoasini va barcha talaba yoshlarga g’oliblik muborak bo’lsin deymiz va final bosqichida omad tilab qolamiz.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.