4 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Tanlovlar Tyutorlik faoliyati Yangiliklar

«Zukko kitobxon» intellektual tanlovi.

O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish hamda yoshlarni vatan, xalq, milliy qadriyatlar, tarixiy-ma’naviy merosga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati va o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida «Zukko kitobxon» intellektual tanlovi o’tkazildi.

Bu “Zukko kitobxon” intellektual tanlovida Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari ham faol ishtirok etib, faxrli 3-orinni qo‘lga kiritdilar.

G’oliblar tashkilotchilar tomonidan kitoblar to’plami hamda I, II, III darajali diplom va faol ishtirok uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlab, ularning o‘qishlarida va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qoldilar.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.