5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Tyutorlik faoliyati

“SEN AZIZ VA MUQADDASSAN MUQADDAS AYOL” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi har bir Talabalar turar joyida “SEN AZIZ VA MUQADDASSAN MUQADDAS AYOL” mavzusida tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan 4-Talabalar turar joyida ham ayol hodimlar va talaba qizlarga tabrik sifatida konsert tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ayol va Bahor degan muqaddas kalomlar bejizga yonma-yon yozilmaydi. Biz bahorning kelishi va uning beqiyos go‘zalligini munis ayollarimizning gulgun chehralariga qarab bilib olamiz.

Ayol bir qo‘li bilan beshikni, ikkinchi qo‘li bilan esa dunyoni tebratishga qodir bo‘lgan muhtarama zot hisoblanadi. Shu bois, istiqlol yillarida yurtimizda xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ularning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rinlari yildan-yilga faollashib bormoqda.

Bu tadbirda dil izhorlari bilan fakultet dekan o‘rinbosari, fakultet hodimlari talaba qizlarga tabrik so‘zlari aytib, bayram dasturi kuy-qo‘shiqlarga ulandi.

Talabalar o‘zlarining yozgan she’r va qo‘shiqlari bilan tadbirni kutarinki ruhda o‘tishda faol ishtirok etishdi.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.