Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Tyutorlik faoliyati Yangiliklar

«Xush kelding bahor» sumalak sayli bo’lib o’tdi.

Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘zi ayyom  taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi. Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga aylangan tarixiy taomlardan sanaladi. 10 mart kuni tongdan Toshkent tibbiyyot akademiyasining 1- davolash fakultetiga qarashli 4-TTJ da  doshqozonlarda sumalak qaynatildi.

Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lgan tadbir. Sumalak pishirish shunchaki bir taom pishirish emas, yoshu keksa yig‘ilib bir kechayu, bir kunduz davomida katta gulxan yoqib, o‘yin – kulgu qilish, turli qo‘shiqlarni aytish, xalq o‘yinlarini o‘ynash demakdir. Bu galgi sayl ham an’analar bilan bir qatorda yangiliklarga boy o‘tdi. Ayniqsa, talabalar o‘zlari tayyorlagan she’r, qo‘shiqlari bilan hammani ko‘nglini shod etdilar.

 

Sumalak atrofida Akademiya hodimlari va talaba-yoshlar xizmatda bo‘ldi. Sumalak pishirish asnosida milliy qadriyat va marosimlar, jumladan, sumalak tayyorlashning o‘zi qat’iy an’analar asosida ma’lum tartib qoidalariga amal qilingan holda bajarilishi yoshlarga uqtirildi.

“Sumalak sayli” tongacha davom etib, Akademiya yotoqxonasida “bir piyola choy ustida dildan suhbat”ga ulanib ketdi. Akademiya professor-o‘qituvchilari qolaversa, xorijiy davlatlardan kelgan talabalar ham sayl mehmoni sifatida qadrlandi.

Talabalar turar joyida doshqozonda tayyorlangan o‘zbekona taom hisoblangan oshning davraga tortiq etilishi ko‘ngillariga xushnudlik olib keldi.

Bayram tadbirini iste’dodli talabalar tomonidan jonli ijrodagi milliy kuy-qo‘shiqlari yanada tadbirning shukuhini ko‘tarishga, yuqori saviyada o‘tkazilishiga olib keldi.

 

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.