1 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

E’LON

2022-yil 17—18-oktabr kunlari Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar, xorijdagi oliygohlarda o‘qiyotgan talabalar qatnashishi mumkin. Xalqaro olimpiada jamoalari tarkibi 4 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat boʻladi. Olimpiada ikki turda o‘tkaziladi va mazkur ikki tur uchun jami 100 ball olish mumkin, bular: 1⃣ ijodiy yozma ish tayyorlash (rasmlar tavsifi) – 50 ball; 2⃣ suhbat – 50 ball. Olimpiada g‘oliblari va ishtirokchilari xalqaro darajadagi sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. Xalqaro olimpiada ishtirokchilarini roʻyxatga olish 15-oktabrigacha http://uzbektili.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.