4 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Yil talabasi-2022 tanlovi

2022/2023 o‘quv yilida Oliy ta’lim muassasalari talabalari ortasida «Yil talabasi» tanlovi e’lon qilinadi.

TTA bakalavriat bosqichi iqtidorli talabalari o‘rtasida tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o’tkaziladi:

Nominatsiyalar:

“Yilning oz mutaxassisligi boyicha eng bilimdon talabasi”.

“Yilning eng faol targibotchi talabasi”.

“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”.

“Yilning eng faol sportchi talabasi”.

“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”.

“Yilning eng faol ijodkor talabasi”.

“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun).

Ushbu nominatsiyalari bo‘yicha “Yil talabasi” tanlovi bakalavriat bosqichida taxsil olayotgan 2-6 kurs talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib (1, 2 va 3-o’ringa sazovor bo’lgan) g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlar talovda qayta ishtirok etmaydi.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

1 tur- Xar bir fakultet (kesimi)da o‘tkaziladi.

2 tur- TTA miqyosida fakultetlr kesimida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi

Tanlovning 3-respublika bosqichi joriy yilning dekabr oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida o‘tkaziladi.

Nomzodlar tanlov komissiyati tomonidan quyidagi asosiy mezonlar bo’yicha baholanadi:

– a’lo va yaxshi baholarga o‘qishi;

– ilmiy-tadqiqot ishlarda faol ishtirok etishi;

– ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy va ijodiy ishlarda faol ishtirok etishi;

– sport tadbirlarida faol ishtirok etishi;

– TTA  jamoat va tashkilotchilik ishlarida faol ishtiroki.

 

Talabgorlar YIL TALABASI -2022  tanloviga quyidagilarni taqdim qiladilar (tegishli nominatsiyalar bo‘yicha):

– Tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyali, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar taqdimnomasi;

– Sinov daftarchasining tasdiqlangan nusxasi;

– Nashr elilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ijodiy ishlari ro‘yxati, nusxalari va ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqriz va tavsiyanomalar;

– Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan olimpiada, konferentsiya va boshqa tanlanlovlarda erishilgan diplom va sertifikatlar nusxalari;

– Startap loyixalar, grantlarda ishtiroki va mualliflik guvoxnomalari yoki patent (mavjud bo‘lsa) haqidagi ma’lumotnoma;

– TTA va turli tashkilotlar tomonidan berilgan diplom, sertifikat va tashakkurnomalar nusxalari;

– Ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy, ijodiy ishlarda va sport tadbirlarida  faol ishtiroki haqida tasdiqlovchi xujjatlar.

Hujjatlar to‘plamiga kiritilgan ma’lumotlar va axborotlar joriy yil davomida chop etilgan bo’lishi lozim.

Barcha hujjatlar ro‘yxat tartibida jildga (papkaga) joylangan holda 2022 – yil 12 – oktabrgan 15 oktyabrga qadar fakultetlar bo‘yicha Iqtidorli talabalar bilan ishlashga mas’ullar va Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyalari bo‘yicha xujjatlar tegishli fakultetlar bo‘yicha Iqtidorli talabalar  bilan ishlashga mas’ullarga topshiriladi.

“Yilning eng faol sportchi talabasi”, “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”, “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyalari bo‘yicha xujjatlar tegishli fakultetlar Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga topshiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yil talabasi” tanlovining NIZOMI bo‘yicha https://tma.uz/ saytida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin

  1. 1-son davolash fakulteti bo‘yicha mas’ullar:

-Iqtidorli talabalar bilan ishlashga mas’ul – Rasulova Dilbar Kamalitdinovna- Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi dotsenti, tel. +998901766803

-Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekani o‘rinbosari– Qo‘chqarov Botir Akmaldinovich; tel. +998 903330013

  1. 2-son davolash fakulteti bo‘yicha mas’ullar:

-Iqtidorli talabalar bilan ishlashga mas’ul – Ganiyeva Nilufar- Sud tibbiyoti kafedrasi assistenti, tel. +998 974247430

-Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekani o‘rinbosari– Axmedov Umid  Rufatovich; tel. +998974247430

  1. Tibbiy pedagogika va xalq tabobati fakulteti bo‘yicha mas’ullar:

-Iqtidorli talabalar bilan ishlashga mas’ul – Visogortseva Olga Nikolaevna, Reabilitologiya, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti, tel. +998901894511

-Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekani o‘rinbosari – Rustamova Surayyo Shaxobovna; tel. +998977306979

  1. Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti bo‘yicha mas’ullar:

-Iqtidorli talabalar bilan ishlashga mas’ul – Yodgorova Nodira Turg‘unboeva, Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya kafedrasi dotsenti, tel.                                + 998901676838

– Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekani o‘rinbosari – Razzoqov Alisher Axmadovich; tel. +998998701516

  1. Menejment, tibbiy biologiya , biotibbiyot muhandisligi, farmatsiya va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti bo‘yicha mas’ullar:

-Iqtidorli talabalar bilan ishlashga mas’ul – Alimova Saboxat Gazievna, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, tel. + 998998284330

-Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekani o‘rinbosari – Abduraxmanova Nodira Xusniddinovna. tel. +998 935460073.

  1. Xalqaro fakultet dekanati Хафизова Регина tel. +998 901860804

Yil talabasi

Yil talabasi-2022 tanlo’vi

Yil talabasi-2022 TANLOVI

 

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.