1 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Аtoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar oʼrtasida targʼib qilish hamda Аdiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora – tadbirlari toʼgʼrisida

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24- avgustdagi «Аtoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar oʼrtasida targʼib qilish hamda Аdiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora – tadbirlari toʼgʼrisida»gi 502– sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi professor oʼqituvchilari N.B. Musaeva, Z.S.Islamova., D.L. Zaynutdinova, N.I.Bekchanova va N.F.Nuriddinovalar boshchiligida talaba – yoshlar bilan Toshkent shahar “Аdiblar xiyoboni”ga tashrif buyurildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan bu xiyobonda Zahiriddin Muxammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan xotiralariga ehtirom koʼrsatilib ma’naviy – maʼrifiy davra suhbati tashkil etildi. Dastavval, Zahiriddin Muxammad Bobur haykali poyiga gul qo’yildi hamda N.B.Musaeva talabalarga buyuk ajdodimizning adabiy merosi haqida soʼz yuritildi. Shundan soʼng Zahiriddin Muxammad Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. D.L.Zaynutdinova tomonidan oʼzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Bobur ijodining gʼoyaviy mazmuni haqida talabalarga maʼlumotlar berildi. Talabalar tomonidan buyuk mutafakkirlarning gʼazal va ruboiylari aytilib, mazmuni tahlil qilindi. Tashrif davomida xiyobondagi buyuk allomalar haykallari, ular tarixiga oid turli xil manbalar, qoʼlyozmalar, zamonasining buyuk shaxslari va ularning qilgan ishlari batafsil aytib oʼtildi.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.