Yangiliklar

4-TTJda 8-mart bayram tadbiri bo’lib o’tdi

2016-yil 4-mart kuni 4-TTJ ning majlislar zalida 1500 da 201 va 202-guruh talabalari ishtirokidagi «8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni»ga bag’ishlangan tantanali bayram bo’lib o’tdi. Bayram shu guruh rahbarlari «Informatika, biofizika va normal fiziologiya» kafedrasi dotsenti S.Z.Saidalixo’jayeva va 2-kurslar bosh kuratori, katta o’qituvchi X.T. Sultanova tomonidan tashkillashtirildi. Tadbir uch tilda: o’zbek, ruz va ingliz tillarida olib borildi.

Bayramni 201-A guruhi talabalari Abdullayeva Dono (o’zbek tilida) va Yuldashev Jahongir (rus va ingliz tillarida)lar olib borishdi.

Tadbir davomida qizlar va yigitlar tomonidan tayyorlangan raqs dastasi, she’rlar, sahna ko’rinishlari mehmonlarga havola etildi. Tadbir so’ngida Davolash fakulteti dekani professor P.S. Zufarov va «Informatika, biofizika va normal fiziologiya» kafedrasi ma’naviyat ishlari bo’yicha ma’sul U.M.Abdujabborova o’z tabriklarini bildirishdi.

ФОТОЛАВҲАЛАР

About the author

Ulug'bek Safarov

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.